Ikki oila yo‘llanmaga ega bo‘ldi
Gulistondagi “Alpomish” sport majmuasida “Otam, onam va men – sportchi oila” sport musobaqasining Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda ota-ona va 12 yoshgacha bo‘lgan bir o‘g‘il, bir qizdan iborat o‘n olti jamoa ishtirok etdi.
Gulistondagi “Alpomish” sport majmuasida “Otam, onam va men – sportchi oila” sport musobaqasining Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda ota-ona va 12 yoshgacha bo‘lgan bir o‘g‘il, bir qizdan iborat o‘n olti jamoa ishtirok etdi.“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan musobaqaning ochilishida Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, buning uchun barcha zarur shart-sharoitni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Viloyatda sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi oilalarning ko‘payishida bir qator tadbirlar, xususan, “Sog‘lom oila” shiori ostida o‘tkazilayotgan oilaviy sport musobaqasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bellashuv ishtirokchilari to‘siqlar osha yugurish, uzunlik va balandlikka sakrash, to‘pni to‘rga joylash, arqon tortish kabi sakkiz shart bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Boyovut tumanidagi "Usmonobod" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Nodir Yo‘ldoshev hamda Guliston tumanining Dehqonobod mahallasida yashovchi Abduvohid Ro‘zmetovlar oilasi teng ochko to‘plab, musobaqaning mamlakat bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘lishdi.