Ikki nafar mansabdor qo‘lga olindi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlar, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha bir qator choralar ko‘rilib, tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Afsuski, shunga qaramasdan tizimdagi ayrim mansabdor shaxslar tomonidan bu boradagi jinoyatlar sodir etilishi holatlari hamon kuzatilmoqda.
Xususan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tizimning ayrim mansabdor shaxslari o‘z mansab mavqeini suiste’mol qilganligi aniqlandi.
Ular huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘z vakolatlaridan foydalangan holda pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Ushbu shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA