“IKAT” bilan hamkorlik o‘rnatiladi
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasida O‘rta Osiyoda qo‘l mehnati yordamida ekologik toza va sifatli mato hamda mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlovchi “IKAT” xalqaro fondi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar mamlakatimiz tajribasini boshqa joylardagi shu soha vakillariga o‘rgatishini, bu orqali esa jahon maydonida o‘zbek brendining yanada tanilishini ta’kidladi. Shuningdek, o‘zbek usta-hunarmandlarini Hindiston, Xitoy va Malayziya davlatlariga tajriba almashish uchun yuborish dasturlari haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Bu hamkorlik o‘zbek milliy ipak mahsulotlari, ipakdan tayyorlangan milliy matolar, tarixiy dizaynda yaratilgan liboslar, zamonaviy andozalar asosida yaratilgan jun gilamlar, qadriyatlarimiz aks etgan asori-atiqalarni dunyoga yanada kengroq tanitishga xizmat qiladi.
“IKAT” tashkiloti vakillari Jana Hak va Aykena Orolbayeva uyushma shouromida ham bo‘lib, milliy mahsulotlarimiz bilan yaqindan tanishdi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA