Ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish yo‘lida
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyani mahalla darajasida tashkil etish, ijtimoiy xizmat va yordamlarni kompleks yondashuv asosida ko‘rsatish, bu yo‘nalishdagi ishlarning manzilligi va samaradorligini oshirish hamda aholining ko‘makka muhtoj qatlami manfaatlarini kafolatlash maqsadida joylarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
[gallery-15498]
Xususan, respublikada birinchi bo‘lib Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida foydalanishga topshirilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi qisqa fursatda 6 ming 856 nafar fuqaroga tegishli yordamlarni ko‘rsatdi. Qirqdan ziyod fuqaroning tibbiy ko‘rigini tashkil etish, 8 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalarning yaqinlari bilan aloqalarini tiklash va “yakka-yolg‘izlar reyestri”dan chiqarish, 167 nafar fuqaroni reabilitatsiya vositasi bilan ta’minlash, 241 nafar vasiylik va homiylikka olingan bolalarning shart-sharoitlarini o‘rganish, 300 dan oshiq nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish shular jumlasidandir.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA