IIV vaziri qabuli: 481 murojaatdan 236 tasi joyida hal etildi
Jamiyat va davlat örtasidagi işonç muhitini mustahkamlaş, fuqarolarni öylantirayotgan masalalarga oqilona yeçim topiş hamda aholi bilan bevosita muloqotni yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida içki işlar organlari tomonidan joylarda sayyor qabullar izçil ötkazilmoqda.
Bu kabi amaliy uçraşuvlar fuqarolardan kelib tuşayotgan har bir murojaatni atrofliça va xolisona tahlil qiliş, ularning qonuniy manfaatlarini munosib himoyalaş hamda yuzaga kelayotgan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etişga xizmat qilmoqda.
Içki işlar vaziri general-leytenant Aziz Taşpölatov boşçiligida bölib ötgan navbatdagi qabulda vazir örinbosarlari, sohaviy tuzilmalar rahbarlari hamda masʼul xodimlar iştirok etdi.
Qabul jarayonida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini atrofliça körib çiqiş, ular yuzasidan amaliy çora-tadbirlar belgilaş va har bir masalaga aniq huquqiy baho berişga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbir murojaatçilar uçun maksimal darajada yengil va qulay şaklda taşkil etildi. Toşkent şahri va Toşkent viloyatida istiqomat qiluvçi aholi vakillari rahbariyat bilan bevosita yuzma-yuz muloqotda bölgan bölsa, Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda uzoq hududlarda yaşovçi fuqarolar zamonaviy videokonferensaloqa vositalari orqali jarayonga qöşilib, özlarini qiynayotgan masalalarni bevosita yetkaziş imkoniyatiga ega böldi.
Tadbirda 481 ta murojaat röyxatga olinib, ularning 236 tasi yoki 49 foizi bevosita qabulning özida ijobiy yeçimini topdi. Qöşimça örganiş va suriştiruv talab etgan 245 ta murojaatning ijrosi qatʼiy nazoratga olinib, tegişli sohaviy xizmatlarga yönaltirildi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va viloyatlar içki işlar boşqarmalari rahbarlari tomonidan ötkazilgan qabullarda 199 ta murojaat körib çiqildi. Ularning 74 tasi, yaʼni 37 foizi joyida hal etilgan bölsa, qolgan 125 ta murojaat böyiça qöşimça tekşiruv ötkaziş va huquqiy yeçim işlab çiqiş yuzasidan tegişli çora-tadbirlar belgilandi.
Bu kabi sayyor qabullar aholi va davlat hokimiyati örtasidagi samimiy va döstona muloqotni yanada mustahkamlaş, fuqarolar muammolariga tezkorlik bilan yeçim topiş hamda içki işlar organlari faoliyatining oçiqligi va samaradorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
N.Abduraimova,
ÖzA