Ichki turizm bo‘yicha targ‘ibot va natija
Joriy yilning 9 dekabr kuni Prezidentimiz rahbarligida «Turizm sohasini rivojlantirish hamda aholining jismoniy faolligini oshirish borasidagi ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlari» bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor o‘tkazilgan edi.
Ushbu yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar asosida viloyat turizmni rivojlantirish departamenti, viloyatda faoliyat yurituvchi turoperatorlar bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi «Mahalla jamoalari», «Mehnat jamoalari» va «Yoshlar Ittifoqi jamoalari» ishtirokida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Xususan, Toshkent shahrida 2020 yil davomida doimiy ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarni amalga oshirgan va 2021 yil ichki turizm sayohatlarini tashkil etilishini rejalashtirgan yirik (ishchi xodimlar soni 1000 nafardan ortiq) 67 ta korxona, tashkilot va muassasalar hamda Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 60 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va sohaga doir boshqa mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi.

Mazkur targ‘ibot uchrashuvlarida, Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan mas’ul mutasaddilar tomonidan berilgan quyidagi ma’lumotlar ya’ni viloyatning turistik salohiyati, hukumatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar hamda viloyatning tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan joriy etilgan chegirmalar ishtirokchilar orasida keskin qiziqishga sabab bo‘ldi.
Shuningdek, viloyat mutasaddilari bilan tashrif buyurgan Buxorolik turoperatorlar 2020 yil yakuniga qadar Uchtepa tumanidagi mahalla faollari va ayollardan tashkil topgan Buxoro bo‘ylab 100 kishilik sayohatni tashkil etish bo‘yicha va 2021 yil yakuniga qadar sayohatlarni tizimli ravishda davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Buxoro viloyat turizmni rivojlantirish
departamenti matbuot xizmati