Ichan-qal’a dunyoning 9 ta ajoyib qal’a shaharlari qatoriga kirdi
Ma’lumki, Ichan qal’a – O‘rta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorliklardan biri bo‘lib, mazkur qal’a qurilishida Xiva me’morlari tomonidan inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurish uslubidan foydalanilgan.
Ichan qal’a me’moriy yodgorliklari yog‘och o‘ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. Me’moriy yodgorlik sifatida muhofazaga olinib, 1961 yili muzeyga aylantirilgan. 1990 yildan Ichan qal’a Butun jahon yodgorliklari ro‘yxatidan joy olgan.
Madaniy meros agentligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Ichan-qal’a dunyoning 9 ta ajoyib qal’a shaharlari qatoriga ham kirdi.
Qayd etilishicha, reyting eng nufuzli sayohat jurnallaridan biri – “Wanderlust travel magazine” tomonidan tuzilgan. Mualliflar Ichan-qal’ani “masjidlar, saroylar va minoralar labirinti” deb atagan va 5-o‘ringa qo‘ygan.
O‘zA