Ibrohim Raisiy kim edi?
Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy faoliyati davomida hukumatning bir qancha tarmoqlarida ko‘plab muhim lavozimlarda ishlagan.
Raisiy 1960 yilning noyabrida Mashhadda dindor oilada tug‘ilgan. 1978 yil 7 yanvarda gazetada chop etilgan Islom inqilobining marhum asoschisi Imom Xumayniyning haqoratlanishi va undan keyin xalq harakatlarining kuchayishi ortidan Raisiy norozilik yig‘inlariga qo‘shiladi.
Raisiyning hukumatdagi faoliyati 1980 yilda Karaj tuman prokurori etib tayinlangandan so‘ng boshlangan. 1985 yilda u Tehron prokurori o‘rinbosari bo‘lib faoliyat olib borgan. 1989 yildan 1994 yilgacha Raisiy Tehron sud tizimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1994 yilda Eron Bosh Tekshiruv Tashkiloti rahbari etib tayinlangan, bu lavozimda u 2004 yilgacha ishlagan.
Raisiy 2004-2014 yillarda mamlakat adliya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. Bu lavozimda u sud tizimini tashkil etish va boshqarishni nazorat qilish uchun mas’ul edi. 2014 yildan 2015 yil martigacha Eron bosh prokurori lavozimida mehnat qildi.
2016 yil mart oyida Islom inqilobi yetakchisi Raisiyni Razaviyning Oston Quds kuchlari qo‘riqchisi etib tayinlaydi. O‘zining faoliyati davomida Imom Rizo ziyoratgohida xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha muhim chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
2019 yil 7 mart kuni Raisiy Oyatulloh Xomaneiyning farmoni bilan sud hokimiyati rahbari etib tayinlandi. Raisiy o‘z faoliyati davomida sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiy korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib borish va sud-huquq tizimining samaradorligini oshirish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi va Oyatulloh Xomaneiyning olqishiga sazovor bo‘ldi.
2021 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Raisiy 18 milliondan ortiq ovoz to‘plab, Eronning 13-prezidenti bo‘ldi.
Muharrama Pirmatova tayyorladi. O‘zA