Huquqiy himoya kuchaytiriladi
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. Shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar o‘tkazish jarayonida hamda sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi.
Bunda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 oktyabrda qabul qilingan “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Adliya vazirligi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari fermer-dehqonlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish maqsadida fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining yuridik bo‘lim boshliqlarining malakasini oshirish choralarini ko‘rmoqda. Shu maqsadda Adliya vazirligining Yuristlar malakasini oshirish markazida tashkil etilgan kurslarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat vakillari ishtirok etmoqda.
29 noyabrdan 1 dekabrgacha davom etadigan malaka oshirish kurslarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi J.Shirinov, Xalqaro moliya korporatsiyasi yuriskonsulti N.Jo‘rayev, yuridik fanlar nomzodi M.Nasullayev kabi bir qator deputatlar, o‘qituvchi-olimlar hamda ekspertlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
O‘zA