Human Rights Watch: Isroil G‘azoda “genotsid” qilmoqda
“Inson huquqlari nazorati” - Human Rights Watch (HRW) tashkiloti insonlarni suv ta’minotidan uzib qo‘ygan rejim faoliyatiga qarshi keskin bayonot bilan chiqdi. Mazkur tuzilmaning keng qamrovli hisobotida 2023 yil oktyabrdan 2024 yil sentyabrgacha bo‘lgan davrda Isroil hukumati falastinliklarni, hatto, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) uzoq davom etgan favqulodda vaziyatda omon qolish uchun zarur deya baholagan eng kam miqdordagi suvdan ham mahrum qilgani aytilgan. Oqibatda minglab insonlar halok bo‘lgan, turli kasalliklar avj olgan.
Genotsid va ochlikdan urush quroli sifatida foydalanish haqidagi da’volarni qayta-qayta rad etayotgan Isroil HRW taqdim qilgan so‘nggi ayblovni inkor qildi. Yahudiy davlati Tashqi ishlar vazirligi vakili hisobot "yolg‘onga to‘la ekani" to‘g‘risidagi da’vo bilan chiqdi.