Hokim yordamchisidan bir savol
Savol: Hokim yordamchisi tomonidan taqdim etilgan mahsulot yetkazib berilganligi to‘g‘risida tuzilgan dalolatnomani o‘zgartirsa yoki qayta tuzsa bo‘ladimi?
Mazkur savolga Markaziy bank departamenti boshqarma boshlig‘i Turg‘un Hakimov javob beradi.
– Hokim yordamchisi tomonidan taqdim etilgan mahsulot yetkazib berilganligi to‘g‘risida tuzilgan dalolatnoma mas’ul tijorat banklari hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Dalolatnomani rad etish yuzasidan mas’ul tijorat banklari filiallari hamda Agentlikning ishonch telefonlariga murojaat qilish lozim.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA