Hokim yordamchisi boshqarma boshlig‘i bo‘ldi
Navoiy shahrining Zarafshon mahallasida hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelayotgan Omonboyeva Merey Erali qizi Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
M.Omonboyeva 1997-yilda Navoiy viloyatining Nurota tumanida tugʻilgan. Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan. 2020-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
A.Boʻriyev, OʻzA muxbiri