Hokim yangi tashabbusni ilgari surdi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov 4 sentabr kuni tumanning Beshbuloq shaharchasidagi 23-umumta’lim maktabining "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi.
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov 4 sentabr kuni tumanning Beshbuloq shaharchasidagi 23-umumta’lim maktabining "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi.
Tadbirdan so‘ng tuman hokimi mustaqillik darsini o‘tdi. Unda o‘quvchilarga maktab ta’limining inson hayotidagi ahamiyati haqida so‘zlab, bu inson kelajagini belgilab berishini ta’kidladi.
Tuman hokimi dars yakunida 1-sinf o‘quvchilariga 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘asini topshirib, yangi tashabbusni ilgari surdi. Birinchi chorak yakuniga ko‘ra, maktabning 5-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi reytingi yuqori, eng a’lochi va jamoatchi sinfni otaliqqa oladigan bo‘ldi.
– Tumanimiz hokimi "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etib, maktabning eng a’lochi o‘quvchilaridan iborat sinfni otaliqqa olishini aytdi, – deydi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Abdug‘ani Himmatov. – Rejaga ko‘ra, birinchi chorakni a’lo baholarga yakunlagan sinf e’lon qilinadi va tuman hokimi otalig‘iga beriladi. Hokim bir vaqtning o‘zida shu sinfga hafta davomida 2 soat dars o‘tadi, sinf rahbarlik vazifasini bajaradi.

