“Hojatbaror dallol”ning firibgarligi fosh bo‘ldi
DXX Toshkent viloyat boshqarmasi va IJQK Departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, joriy yil 26-mart kuni Zangiota tumani Eshonguzar hududidagi avtoturargohida Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan aybdor deb topilib, jazo muddatini o‘tab kelayotgan “TEMIRYOʻLINFRATUZILMA” AJ Toshkent temir yo‘l masofasi filialida yo‘l sozlovchisi B.Sh. tanishi B.Rdan uni temiryo‘l tizimidagi tashkilotlarning biriga qorovullikka ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming 300 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Qonunbuzar B.Sh. ning harakatlarida amaldagi qonunchilikka asosan jinoyat alomatlari mavjudligini inobatga olib, mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
A.Musayev, O‘zA