Hindistonda qiruvchi samolyot halokatga uchradi
Hindiston Harbiy havo kuchlariga qarashli Su-30 MKI jangovar samolyoti seshanba kuni Maxarashtra shtatida halokatga uchragan. Ikki uchuvchi favqulodda sakrashni amalga oshirgan. Afsuski, ular jarohatlangan.
NDTV telekanali xabarida politsiya xodimi harbiy uchoq qishloq yaqinida dalaga tushgani to‘g‘risida ma’lumot bergan.
Samolyot qulagan joyga zudlik bilan mahalliy politsiya va tezkor yordam xizmati yetib kelib, uchuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatgan.