Hazorasp tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Xorazm viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov Hazorasp tumani hokimi lavozimiga Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zaxirasidan Tuproqqal’a tumanidagi "NEW BEST STYLE" MCHJ ta’sischisi Abdullayev Maqsudbek Hojiyevich nomzodini tavsiya etdi.
Muzokarada so‘zga chiqqanlar nomzodni yakdillik bilan qo‘llab- quvvatladilar. Abdullayev Maqsudbek Hojiyevich Hazorasp tumani hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.
A. Shokirov, O‘zA