“Har bir mahallaga kitob” loyihasi amalda
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Har bir mahallaga kitob” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
Prezidentimizning 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida har bir mahalla o‘zining kutubxonasi ega bo‘lishi zarurligi ta’kidlangan edi. Shu maqsadda O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan “Har bir mahallaga kitob” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida Nukus shahridagi “Qum ovul”, “Jeke terek”, “Turon”, “Ko‘k o‘zak”, “Temir yo‘l”, “Өrnek”, “Nur”, “Baqshiliq”, “Jaңabazar” va “Qos bulaq” mahalla fuqarolar yig‘inlariga “Mahalla” fondi tomonidan kitoblar to‘plami taqdim etildi.
Orolbo‘yida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan ajratilgan kitoblar to‘plamini mahallalarga topshirish tadbirlari davom etmoqda.
Dovud ABIBULLAEV,
O‘zA muxbiri