Hamza Hakimzoda Niyoziy haqiqati (+video)
Hamza XX asr o‘zbek adabiyotiga tamal toshini qo‘yganlardan biri. XIX asr oxiri XX asr boshidagi o‘zbek madaniyatining eng yirik namoyandalaridan, faol ma’rifatparvar shoir, o‘qituvchi, jamoat arbobi. U she’riyatni hayotga va xalqqa yaqinlashtirish, hozirgi zamon nasrini o‘zbek adabiyotida qaror toptirish, ayniqsa drama, komediya, tragediya yaratish bobida va teatr san’atini rivojlantirishda ulkan izlanishlar va kashfiyotlar qilgan san’atkordir. Hamza kompozitor, rejissyor, jurnalist, pedagog va darsliklar muallifi sifatida ham keng ma’lumdir.
O‘zbek adabiyotida haqiqiy ma’nodagi komediya janrining tug‘ilishi va rivoji ham Hamza nomi bilan bog‘liq. Hamza “Maysaraning ishi” (“Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi”) asari bilan o‘zbek adabiyotida komediya janriga asos soldi. Hamza komediyalari, eng avvalo, o‘zbek xalq ijodi — xalq qo‘g‘irchoq teatri, askiyachilik va Nasriddin Afandi latifalari, shuningdek, xalqning hazil-hajviy ertaklari zaminida tug‘ildi. Shuning uchun komediyalarida xalq ijodi an’analarining salmog‘i katta.
Hamzaning ma’rifatchilik faoliyati Turkistonda XX asrning boshidagi umumiy ma’naviy o‘zgarishlar, ilg‘or pedagogik va ijtimoiy-falsafiy fikrlar, jadidchilik harakati rivojiga muhim ta’sir ko‘rsatdi. U o‘z ijodi bilan o‘zbek milliy adabiyotining taraqqiysi, undagi realistik yo‘nalishning borgan sari rivoj topib borishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘z xalqi, vatanining farovonligi, ma’naviy rivoji yo‘lida charchamay, nihoyatda foydali ishlarni amalga oshirdi.
Yaqin o‘tmishimizning eng yorqin va ziddiyatli ziyolilaridan biri Hamzadir. Biz u haqda nimlarni bilamiz? Hamzaning biz bilmagan haqiqatlari haqida Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Shermuhammad Omonov bilan suhbatlashdik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Pc-evwo3aLk" title="HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAQIQATI" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov, A.Ahmedov (video), O‘zA