Gulistonning yaşil qiyofasi yanada kengayadi
Sirdaryo viloyatining maʼmuriy markazi bölgan Guliston şahrining obodligi va körkam qiyofasi, avvalo, yaşil hududlari, musaffo havosi va ekologik muhiti bilan çambarças boğliq. Şu bois şaharda kökalamzorlaştiriş işlarini izçil davom ettiriş, daraxtzorlar maydonini kengaytiriş nafaqat bugungi kunning dolzarb vazifasi, balki kelajak avlod uçun soğlom va qulay yaşaş muhitini yaratişga qaratilgan muhim qadamdir.
Ana şu maqsadda bugun «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi köçat ekiş tadbiri taşkil etildi. Unda şahar hokimligi mutasaddilari, taşkilot va muassasalar rahbarlari hamda xodimlari, nuroniylar va mahalla faollari iştirok etib, hududlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlariga öz hissalarini qöşdilar.
Tadbir davomida yaşil maydonlarni kengaytiriş, daraxtlar sonini köpaytiriş, havo sifatini yaxşilaş hamda iqlim özgarişi oqibatlarini yumşatişda bunday taşabbuslarning örni alohida ekani qayd etildi. Zero, har bir ekilgan daraxt şaharning ekologik muvozanatini saqlaş, yozning jazirama kunlarida soya-salqin hududlar yaratiş va aholi uçun yanada qulay yaşaş muhitini şakllantirişga xizmat qiladi.
Şundan söng iştirokçilar belgilangan hududlarda köçat ekiş işlarini boşlab, klyon, tuya arçasi, tut va pissardi kabi turdagi 2 mingga yaqin manzarali va mevali daraxt köçatini yerga qadadilar.

Eʼtiborli jihati, bu jarayonda faqat köçat ekiş bilan çeklanib qolinmayapti. Ularning kelgusida yaxşi rivojlanişi, tutib ketişi va nobud bölişining oldini oliş maqsadida parvarişlaş işlari ham aniq belgilab olingan. Xususan, ekilgan nihollarni öz vaqtida suğoriş, agrotexnik talablar asosida parvarişlaş va holatini muntazam nazorat qiliş uçun masʼullar biriktirilgan.

— Köçat ekiş — bu işning boşlanişi, xolos. Asosiy vazifa ekilgan har bir niholni asrab-avaylaş, uning unişi va kelgusida soğlom daraxt bölib voyaga yetişini taʼminlaşdan iborat. Şu bois har bir hududdagi köçatlarni parvarişlaş, suğoriş va ularning holatini nazorat qiliş böyiça masʼullar belgilangan. Bu işlarni izçil taşkil etiş orqali Guliston şahrida yaşil maydonlarni kengaytiriş, köçalar va mahallalar qiyofasini yanada çiroyli qiliş, aholi uçun musaffo va soğlom ekologik muhit yaratişni maqsad qilganmiz, — dedi Şahar obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği Abduqul Otaboyev.
Maʼlumotlarga köra, «Yaşil makon» umummilliy loyihasining kuzgi mavsumida Sirdaryo viloyati böyiça jami 9 million 536 ming 400 tup, şundan Guliston şahrida 70 ming 800 tup manzarali va mevali daraxt köçatini ekiş rejalaştirilgan.

Şubhasiz, bu kabi ezgu taşabbuslarning samarasi nafaqat ekilgan köçatlar soni, balki ularning yillar davomida parvarişlanib, kökarişi va yaşil hududlarga aylanişida namoyon böladi. Bugun qadalgan har bir nihol ertaga Gulistonning yanada körkam qiyofasi, musaffo havosi va ekologik barqarorligiga xizmat qiladi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri