Guliston shahrida “BOWLING” markazi ish boshlaydi
Guliston shahr hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, tez kunda Sirdaryo viloyati markazida birinchi va hozircha yagona bo‘lgan “BOWLING” markazi o‘z faoliyatini boshlaydi.
Ushbu markazi, qisqa fursatlarda Guliston shahrida foydalanishga topshirilishi kutilayotgan yirik 5 qavatli zamonaviy “SAXOVAT” savdo-ko‘ngilochar markazining 3-qavatida faoliyat ko‘rsatishi belgilangan.
2018 yilda tasdiqlangan “Guliston shahrida 2018-2021 yillarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan qo‘shimcha loyihalar manzilli ro‘yxati”da “BOWLING” markazi ishga tushirilishi rejalashtirilgan ei.
Viloyatning Xovos tumani Bunyodkor mahallasida barpo etilgan “Bowling” markazi tuman sektor rahbarlari sinovidan o‘tkazildi. Ushbu ob’ektning loyiha qiymati 5 milliard so‘mni tashkil etib, eng zamonaviy “Bowling” markazlarida yaratilishi lozim bo‘lgan barcha sharoitlar mujassam etilgan.
Mazkur markaz faoliyatini boshlagach, 15 nafar fuqaro yangi ish o‘rni bilan ta’minlanadi.
A.Qayumov, F.Toshmatov, O‘zA