Gretsiyaning yillik daromadi yuqoriladi
Kecha Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis mamlakatda kam ta’minlangan uy xo‘jaliklari va davlat investitsiya dasturi uchun 1 milliard yevro miqdorida moliyaviy imtiyozlar berilishini e’lon qildi.
– Raqamlar milliy iqtisodiyotning sezilarli darajada oshib ketganini va davlat g‘aznasidagi ko‘rsatgich yuqoriligini qayd etmoqda, -dedi u o‘z bayonotida. – Biz kutganimizdan ham yaxshiroq ish qildik. Shu bilan birga, dinamik o‘sish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurash va bir qator boshqa islohot choralari bilan qo‘shimcha daromadga erishdik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uy-joy muammolarini hal qilish uchun ijarachilarga har yili noyabrda bir oylik ijara haqi qaytariladi, keksa, nogiron va sug‘urtalanmagan fuqarolarga yiliga 250 yevro beriladi.
Musulmon Ziyo, O‘zA