Gretsiyada telekanal binosi “nishonga olindi”
Gretsiya poytaxti Afina shahrida joylashgan “Skai” telekanali binosi nomaʼlum kishilar tomonidan yonuvchan suyuqlik toʻldirilgan shisha idishlar bilan “oʻqqa tutildi”.
Gretsiya poytaxti Afina shahrida joylashgan “Skai” telekanali binosi nomaʼlum kishilar tomonidan yonuvchan suyuqlik toʻldirilgan shisha idishlar bilan “oʻqqa tutildi”.
Shartli ravishda “Molotov kokteyli“ deb nomlanadigan mazkur qurol yordamida binoga yetkazilgan zarar arzimas ekani aytilgan.
Hujum tungi soat 3 atrofida amalga oshirilgan. 4 nafar niqobli shaxs Afina janubidagi Faliro tumani hududida joylashgan “Skai” tomonga qarata uch shisha “Molotov kokteyli“ni uloqtirgan va voqea joyidan yashiringan. Ikkita idish 2-qavat ayvoniga, biri yerga tushgan.
Qoʻriqchilar darhol politsiya chaqirishgan, aybdorlar qidirilmoqda.
“Bizda hammasi yaxshi, koʻrsatuvlar bir maromda, odatdagi tartibda davom etyapti“, — degan “Tonggi yangiliklar” axborot dasturi boshlovchisi efir orqali.
Hozircha boʻlib oʻtgan hodisa boʻyicha masʼuliyatni hech kim oʻz zimmasiga olgani yoʻq.