«Global Tour – 2026» musobaqasining yettinchi bosqich bahslaridan fotoreportaj
Poytaxtimizdagi «Universal Horses Stable» ot sporti majmuasida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha «Global Tour – 2026» musobaqalar seriyasining yettinchi bosqich bahslari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqalar seriyasi mamlakatimizda ot sportini ommalashtirish, chavandozlarning sport mahoratini oshirish, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash hamda ularni yirik musobaqalarga tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Musobaqada turli toifalardagi chavandozlar ishtirok etib, o‘z mahorati va tayyorgarligini sinovdan o‘tkazdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra g‘olib hamda sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.
«A» toifasida Dilshod Shokirov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
[gallery-30915]
«B» toifasida Mirzohid Musayev birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladi. Xumoyun Abdullayev uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
«S» toifasida Mirodil Mirshavkatov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sevinch Nazarova ikkinchi, Jalil Sobirov uchinchi o‘rinni egalladi.
«Ye» toifasida Jasurbek Hotambekov g‘olib bo‘ldi. Mumtozbegim Hakimova ikkinchi, Mirzohid Musayev uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
Boshlovchi chavandozlar ishtirok etgan «F» toifasida Nigina Jo‘raqulova birinchi o‘rinni egalladi. Hasan Nodirov ikkinchi, Sardor O‘rinboyev uchinchi bo‘ldi.
Boshlovchi otlar toifasida Ulug‘bek Usmonov g‘olib deb topildi. A’zam Tolibboyev ikkinchi, Bahodir Qodirjonov uchinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA