Global energetika inqirozi sharoitida O‘zbekiston kuchli beshlikdan joy oldi
Global energetika bozorida beqarorlik kuchayib borayotgan bir sharoitda dunyo davlatlarining bardoshliligi va moslashuvchanligi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana shunday murakkab davrda O‘zbekiston energetika sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar va samarali boshqaruv siyosati natijasida xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallamoqda.
J.P. Morgan ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yildagi global energetika inqirozi sharoitida dunyoning eng chidamli va bardoshli davlatlari reytingi e’lon qilindi. E’tiborlisi, O‘zbekiston mazkur reytingda kuchli beshlikdan joy oldi.
Reyting quyidagicha shakllangan:
1. Janubiy Afrika – energetika islohotlari bo‘yicha yetakchi
2. Indoneziya – boy resurslar va subsidiyalarni oqilona boshqarish
3. Xitoy – diversifikatsiyalangan ta’minot zanjirlari
4. O‘zbekiston – energetika mustaqilligi va resurslardan samarali foydalanish
AQSH – resurslar mo‘lligi va innovatsion o‘tish strategiyalari
Energetika vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur natija mamlakatda energetika xavfsizligini ta’minlash, resurslardan oqilona foydalanish hamda sohada modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi sifatida baholanadi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA