Giyohvandlik moddasi to‘xtatib qolindi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona postida sintetik giyohvandlik vositasini olib o‘tishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi.
Joriy yilning 26 avgust sanasida xorijiy davlatdan tranzit tarzda harakatlanib kelgan yuk avtomashinasi bojxona postida tegishli nazoratdan o‘tkazilgan.
Xolislar ishtirokida bo‘lib o‘tgan bojxona ko‘zdan kechiruvi davomida yuk avtomashinasi haydovchisining hamyonida umumiy vazni 1,8 grammni tashkil etuvchi sintetik giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA