Gilyermo Ochoa jahon chempionatida ishtirok etadi
Posbon shu vaqtga qadar terma jamoasi safida 152ta uchrashuvda maydonga tushgan va 154ta gol o‘tkazib yuborgan.
Meksika terma jamoasi posboni Gilyermo Ochoa joriy yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida terma jamoa tarkibida bo‘ladi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoningg ma’lum qilishicha, 40 yoshli darvozabon bo‘lajak mundialda Meksika terma jamoasi darvozasini qo‘riqlaydi. Shu bilan bir qatorda, Ochoa turnirdan so‘ng professional futboldagi faoliyatini ham yakunlaydi. U terma jamoadagi debyutini 2005-yilda Vengriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazgan va darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. U 2006-yilda Germaniya mezbonlik qilgan jahon chempionatida ham Meksika terma jamoasi tarkibida bo‘lgan, biroq barcha uchrashuvlarda zaxirada qoldirilgan. Posbon shu vaqtga qadar terma jamoasi safida 152ta uchrashuvda maydonga tushgan va 154ta gol o‘tkazib yuborgan.
Joriy yildagi mundial Ochoa uchun 6-jahon chempionati bo‘ladi.