Germaniyada Mers siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi (+video)
Germaniyaning bir qator shaharlarida kansler Fridrix Mers siyosatiga qarshi namoyishlar o‘tkazildi, deyiladi Anadolu axborot agentiligi xabarida.
Aksiyalar asosan Berlin va boshqa yirik shaharlarda bo‘lib o‘tgan. Namoyishchilar Mers hukumati tomonidan olib borilayotgan migratsiya siyosati, iqtisodiy islohotlar va ayrim siyosiy qarorlarga norozilik bildirgan.
Xalqaro OAVlar ma’lumotiga ko‘ra, ba’zi mitinglarda bir necha ming kishi ishtirok etgan, ular hukumatdan ijtimoiy va siyosiy qarorlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan.
Hozircha rasmiy hukumat tomonidan namoyishlarga javob yoki vaziyatni cheklash bo‘yicha keskin choralar haqida ma’lumot berilmagan.
<iframe width="484" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/_ZlHmSdxu-4" title="Germaniyada Mers siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Salim Obidjonov (video),O‘zA