Germaniya elchisi Surxondaryoda
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Germaniya davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Hutererni qabul qildi.
Uchrashuvda vohaning savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, ta’lim, migratsiya va boshqa sohalarida Germaniya davlati bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risida atroflicha fikr almashildi. Samimiy muloqot chog‘ida Germaniya va Surxondaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, savdo va investitsiyaviy aloqalarini yanada kengaytirish imkoniyati mavjudligi qayd etildi. Shuningdek, Germaniya kompaniyalari bilan energetika, turizm, qishloq xo‘jaligi, migratsiya va boshqa yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Germaniya davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Huterer Surxondaryo viloyatiga safari doirasida “Termiz” erkin iqtisodiy savdo zonasi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi, “Termez Cargo Centre” xalqaro transport-logistika markazi va Germaniyaning KfW banki moliyaviy ko‘magida Termiz shahri hamda tuman markazlarini rivojlantirish loyihasi bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri