G‘azodagi ziddiyatga chek qo‘yiladimi?
Misrning Sharm ash-Shayx shahrida Isroil va Hamas vakillari G‘azo mojarosiga yakun yasash maqsadida muzokaralarni davom ettirmoqda, deb yozdi “BBC” nashri.
– Bizda kelishuvga erishish uchun yaxshi imkoniyat bor, -dedi AQSH yetakchisi Donald Tramp Oq uyda jurnalistlarga bergan intervyusida. – Bu harakatlar barqaror tinchlikka olib boradi.
Yigirma banddan iborat hujjatda jangovar harakatlarni to‘xtatish, garovdagi Isroil fuqarolarini ozod qilish va evaziga yuzlab falastinlik mahbuslarni qo‘yib yuborish bayon etilgan.

Hamas rejaning ayrim qismlarini qabul qilgan, biroq qurolsizlanish va G‘azo boshqaruvidan voz kechish shartlariga hali javob bermagan. Shunga qaramay, xalqaro hamjamiyat jumladan, BMT va Yevropa davlatlari bu tashabbusni olqishladi.
Tramp ijtimoiy tarmoqlarda “barcha tomonlar tez harakat qilishi kerak”ligini aytib, tinchlik rejasining birinchi bosqichi shu hafta ichida yakunlanishi kutilayotganini bildirdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA