G‘azo sektorida 16 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi
Isroil – Falastin mojarosi boshlangandan, ya’ni 7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida 16 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi ziddiyat qurboniga aylandi. Bu haqda Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi (IFJ) tomonidan ijtimoiy tarmoq orqali tarqatilgan xabarda aytilgan.
– G‘azo sektorida XAMAS va Isroil o‘rtasida davom etayotgan to‘qnashuvda hozircha 16 jurnalist nobud bo‘ldi, – deyiladi xabarda. – Juda ko‘p ommaviy axborot vositalari xodimlari jarohatlangan yoki bedarak yo‘qolgan.
IFJ voqealarni joyida yoritayotgan hamkasblarimizni zarur ehtiyot choralarini ko‘rish, himoya vositalarini kiyishga chaqirgan.