G‘oliblar Italiyaga boradi
Namanganda o‘smirlar va kattalar o‘rtasida taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Namanganda o‘smirlar va kattalar o‘rtasida taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi, viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Namangan, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Andijon viloyatlari va Toshkent shahridan 235 sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi.
Musobaqada namanganlik B.To‘xtasinov, N.Abdurahmonov, G. Valijonova, I.Karimov, S.Oxunova, B.Nuriddinov, M.Mirzaboyeva, H.To‘ychiyev, A.Rahmonov, O.Abdullayev, R.Sattorov, Toshkent shahridan T.Nuraliyev, Andijondan M.Mirzayeva, Jizzax viloyatidan M.Hamroqulov, Toshkent viloyatidan Z.Nasriddinov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Chempionat g‘oliblari shu yilning 25-31-may kunlari Italiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etadi.