G‘oliblar aniqlandi
Buxoro shahrida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 500 nafarga yaqin polvon o‘n besh vazn toifasida gilamga chiqdi.
Buxoro shahrida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 500 nafarga yaqin polvon o‘n besh vazn toifasida gilamga chiqdi.Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda buxorolik R.Jumayev, M.G‘aybullayev, V.Ochilov, E.Doniyorov, qashqadaryolik D.Abrayev, samarqandlik T.To‘rayev, poytaxtlik M.Hisamiddinov o‘z vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Xotin-qizlar bahsida Toshkent shahridan M.Kubiyeva, M.Ibragimova, N.Qo‘shayeva, Qoraqalpog‘iston vakillari A.Allanazarova, J.Mustafoyeva, samarqandlik N.Gulova, xorazmlik R.Yo‘ldosheva, surxondaryolik S.Xoliqulova shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
G‘oliblar kurash bo‘yicha jahon chempionatida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.