G‘olib sambochilar taqdirlandi
Nukusda sambo bo‘yicha Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Nukusda sambo bo‘yicha Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i B.Nurabullayev va boshqalarPrezidentimiz rahnamoligida sport, xususan, bolalar sportini rivojlantirish, navqiron avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.
Qoraqalpog‘istonlik yosh sportchilar joriy yilda xalqaro musobaqalar, jahon va Osiyo chempionatlarida 20 oltin, 33 kumush, 48 bronza – jami 101 medalni qo‘lga kiritdi.
– O‘tgan yili sportchilarimiz ana shunday nufuzli musobaqalarda 43 medalning sohibi bo‘lgan edi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari Azamat Turdanov. – Bu yil yutuqlar yanada salmoqli bo‘ldi. Sportning sambo turiga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu yilgi qit’a va jahon chempionatlarida ham sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Yaqinda Qozog‘istonda o‘tkazilgan navbatdagi Osiyo chempionatida 8 nafar sportchimiz qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Qit’a chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Omon G‘aniyev, Quvvat Tajimurodov, Klara Darmenboyeva, Sanoyim Yerkinboyeva o‘z vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Islom Iskandarov, Boymurod Ubbiyev, Salamat Turdanov va Yulduz Mustafoyeva bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Tadbirda bir guruh sportchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.