Gʻazo chegarasida noroziliklar avj olmoqda
Gʻazo chegarasida Isroil kuchlari tomonidan yetti nafar falastinliklar orasida ikki nafar bolaning ham otib oʻldirilgani olti oydan beri davom etib kelayotgan noroziliklarning yanada avj olishiga sabab boʻldi.
Gʻazo chegarasida Isroil kuchlari tomonidan yetti nafar falastinliklar orasida ikki nafar bolaning ham otib oʻldirilgani olti oydan beri davom etib kelayotgan noroziliklarning yanada avj olishiga sabab boʻldi.14 yashar Mohammed al-Houm va 12 yashar Nosir Mosabe Isroil askarlari tomonidan oʻldirilgan. Shuningdek, bir nechta portlashlar oqibatida 90 dan ortiq mahalliy aholi jarohat olgan.
Isroil mudofaa kuchlarining aytishicha, “isyonchilar Isroil xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagan holda chegarani buzib oʻtgan”.
Joriy yilning 30 martidan beri falastinliklar tomonidan har hafta Isroilning oʻn yillik qamaliga qarshi mitinglar davom etib kelmoqda.