Futzalchi qizlarimiz durang qayd etdi
Toshkent shahridagi "Yunusobod" sport majmuasida o‘tkazilayotgan futzal bo‘yicha ayollar Osiyo chempionati saralash bosqichining "C" guruhidagi bahslar davom etmoqda.
Farrux Zokirov boshqaruvidagi O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi ilk bahsini Filippin termasiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur o‘yin 3:3 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, “S” guruhida Filippin ochkolarini to‘rttaga yetkazib olgan bo‘lsa, terma jamoamiz o‘zining ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.
Endi O‘zbekiston terma jamoasi 15 yanvar kuni Quvayt termasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
[gallery-21236]
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA