Fransiya delegatsiyasi bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Fransiya Respublikasi Qurolli kuchlar vazirligining Yevropa, Shimoliy Amerika va ko‘p tomonlama harakatlar departamenti boshlig‘i Giom Ollane boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiyaning Afg‘oniston inqirozini bartaraf etish borasidagi sa’y-harakati masalasi muhokama qilindi.
Janob Ollane O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha umumiy mintaqaviy pozitsiyani ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatda energetika va transport sohasida infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faoliyatini yuqori baholadi.
Fransiya bizga qo‘shni ushbu davlatdagi hozirgi gumanitar vaziyat va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoldan xavotirda ekani ma’lum qilindi.
Tomonlar Afg‘onistonda keng vakillik tamoyiliga asoslangan hukumat tuzish, shuningdek, ayollar va milliy ozchilik huquqi ta’minlanishi mamlakatda barqarorlikni ta’minlashda muhimligi xususida yakdil fikr bildirdi.
Tashqi ishlar vazirligi
matbuot xizmati