FOTOREPORTAJ: bir guruh faol yoshlar taqdirlandi
O‘zining yuksak azmu shijoati, bilim salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan, el-yurtimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlar hamisha davlatimiz e’tiborida.
Prezidentimiznin joriy yil 28 iyundagi «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori va 29 iyundagi “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni mana shunday e’tiborning namunasi bo‘lib kelmoqda.
Bu yil ham «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori va “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga binoan bir guruh faol yoshlar taqdirlandi.
Ularga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
[gallery-7795]
Gulnoza Boboyeva, Aloxon Abdullayev (surat), O‘zA