Firibgarning rejasi amalga oshmadi
Buxoro viloyatida xorijiy kompaniyaning biznes dasturiga a’zo qilishni va’da qilgan firibgar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Natijada fuqaro M.N. fuqarolar Z.Sh. va L.D.ning ishonchiga kirib, ularni “N.M.” xorijiy kompaniyasining biznes dasturiga a’zo qilib, kompaniya elektron biznes dasturida ochilgan shaxsiy profillarini aktivlashtirish uchun jami 6 ming 800 AQSH dollarini qo‘lga kiritib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA