Firibgarning rejasi amalga oshmadi
Buxoroda nogironlik nafaqasini rasmiylashtirib berish uchun pul talab qilgan tibbiyot xodimi ushlandi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.
Jondor tumanlararo Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi kichik tibbiy xodimi fuqaroga 2-guruh nogironlik guruhiga chiqarib berishni va’da qilib, buning evaziga undan pul talab qildi.
Aniqlanishicha, 24-sonli Jondor tumanlararo Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi kichik tibbiy xodimi Buxoro shahar Omad ko‘chasida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro D.F. ismli ayol shofirkonlik fuqaroni aldab ishonchiga kiradi. Natijada ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan Jondor tumanlararo TIEKda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali 2-guruh nogironlik guruhiga chiqarib berishni va’da qilib, buning evaziga 1 million 200 ming so‘m talab qiladi.
Viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida joylashgan 24-sonli Jondor tumanlararo TIEK binosi oldida kimyoviy ishlov berilgan jami 1 million 200 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ushlanadi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov,
O‘zA