Firibgarning rejasi amalga oshmadi
Haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Natijada fuqaro S.S. boshqa bir fuqaro A.H.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan olib berish evaziga 350 AQSH dollari olganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA