Firibgarlik jazosi qolmaydi
Shu vaqtda u Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Urganch tumanida 3 gektar yerni firibgarlik yoʻli bilan sotgan shaxs ushlandi
Urganch tumanida faoliyat yurituvchi “M.Q.” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari J.Q. fuqaro Sh.D.ning ishonchiga kirib, jamiyatga uzoq muddatga chorvachilik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ajratilgan yer maydonidan 3 gektarini Urganch tumani hokimligi zaxirasiga qaytarib, uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 40 mirng AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan.
Shu vaqtda u Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Firibgar fuqaroning 74 ming dollarini qoʻlga kiritdi
Fuqaro T.Ya. fuqaro S.E.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “E-ijro” elektron auksion savdolaridan har-xil rusumdagi avtomashinalarni xarid qilib berish evaziga 74 ming AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fosh etildi.
Imtiyozli un olib berish evaziga fuqarolarni chuv tushirgan firibgar
Fuqaro A.A. va boshqalar “Guliston” va “Toʻracheki” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga imtiyozli narxlarda “Andijondonmahsulotlari” AJdan un olib kelishni vaʼda qilib, 354 nafar fuqaroning 49 million soʻm pulini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi.
Fuqarolar U.S. va B.F oldindan til biriktirib, fuqaro M.Z.ning ishonchiga kirib, uni Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 2,6 ming AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan. Biroq, ular Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Margʻilon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.