Filippinda kuchli zilzila
Filippin janubi-sharqida 7,2 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.
Filippin janubi-sharqida 7,2 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.
Bu haqda RIA Novosti AQSH Geologiya xizmati maʼlumotlariga asoslanib xabar beradi.
Qayd etilishicha, favqulodda hodisa bugun, butunjahon vaqti bilan 03.39 da Mindano orolining Pundagitan shahridan janubi-sharqda sodir boʻlgan. Zilzila oʻchogʻi 49,6 metr chuqurlikda joylashgan.
Hozircha qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida axborot kelib tushmagan.