FIFA futbol stikerlarini ishlab chiqaruvchi Panini bilan hamkorlikni 2030-yilda yakunlaydi
Munosabatlarning uzilishi Fanatiks kompaniyasi bilan shartnoma tuzilishi bilan izohlanmoqda.
FIFA prezidenti Janni Infantino Panini bilan tuzilgan shartnoma 2030-yilda yakuniga yetishini e’lon qildi.
FIFA va Panini o‘rtasidagi hamkorlik 50-yildan ortiq davom etdi. Paninining ilk albomi 1970-yilda Meksikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida chiqarilgan edi. Hozirda uning narxi internet-auksionlarida 11 ming yevroni tashkil etyapti. Munosabatlarning uzilishi Fanatiks kompaniyasi bilan shartnoma tuzilishi bilan izohlanmoqda. Aynan u 2031-yildan boshlab FIFAning homiyligida turnirlar uchun kolleksiya mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Infantino yangi hamkorlik muxlislarning futbol bilan o‘zaro ta’sirini yangi bosqichga olib chiqishiga yordam berishini ta’kidlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2030-yildagi jahon chempionati Ispaniya, Portugaliya va Marokash davlatlarida bo‘lib o‘tadi.