FIFA bosh operatsion direktori Janni Infantinoni tanqid qilgani uchun ishdan bo‘shatildi
Qator futbol tashkilotlari va sport arboblari FIFAning ushbu rejasini tanqid qilgan.
FIFA bosh operatsion direktori Kevin Lamur tashkilot prezidenti Janni Infantinoni tanqid qilganidan so‘ng lavozimidan ozod etildi. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.
2024-yil noyabridan buyon ushbu lavozimda ishlab kelgan Lamur tashkilotning jahon chempionati huquqlarining bir qismini tijorat tuzilmalariga sotish rejasiga qarshi chiqqan edi.
FIFA rahbariyati Lamur bilan hamkorlikni to‘xtatish tafsilotlarini oshkor qilmadi. Tashkilot kengashi a’zolariga bu qaror o‘zaro kelishuv asosida qabul qilingani ma’lum qilingan va FIFA Kevin Lamurning faoliyatiga hurmat bildirilganini ta’kidlagan.
Xabarlarga ko‘ra, Lamurning ishdan ketishi tashkilot xodimlari uchun kutilmagan holat bo‘lmagan. Ular mutasaddining ommaviy axborot vositalaridagi bayonotlaridan so‘ng shunday yakun bo‘lishini taxmin qilgan.
Avvalroq Janni Infantino jahon chempionati huquqlarining bir qismini sotish rejasini ishlab chiqqani haqida xabar berilgandi. Ushbu kelishuv shaxsan unga o‘nlab million funt sterling daromad keltirishi mumkinligi aytilgan. Muzokaralar AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga yaqin shaxslar bilan olib borilgani ham ma’lum qilingan.
Qator futbol tashkilotlari va sport arboblari FIFAning ushbu rejasini tanqid qilgan.