Farg‘onada sektor rahbarlari faoliyati reyting baholanadi
Joylardagi muammolarni bartaraf etish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sektor rahbarlarining o‘rni katta.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 4-5 fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifida chog‘ida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyatidagi sektorlarning 14 ta reyting ko‘rsatkichlari (indikatorlar) asosida baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Joylardagi muammolarni bartaraf etish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sektor rahbarlarining o‘rni katta. Shu bois ular pastga tushib, aholi bilan ishlamas ekan, kutilgan natija bo‘lmaydi. Bunda ularning faoliyatini baholash muhim ahamiyatga ega. Mazkur reyting baholash tizimida 14 ta hozirgi kundagi muhim bo‘lgan ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lib, viloyatdagi 12 ta boshqarma va tashkilotlardan sektorlar kesimida har oy yakuni bo‘yicha baholanib boriladi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali hamda viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda 2-sektor kotiblari uchun seminar trening tashkil etildi.Unda sektor rahbarlarining ko‘rsatkichlar bo‘yicha reyting baholash tizimi, sektor.argos.uz saytidan foydalanish, “Namangan tajribasi”ni viloyatda tatbiq etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftar”lari hamda yangi tizim “mahallabay”, “fuqarobay” ishlash bo‘yicha aniq vazifalar tushuntirib o‘tildi.
bugungi kunda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali xodimlari tomonidan sektor rahbarlar va kotiblari uchun o‘quv-seminarlar hamda joylarga chiqib tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
M. Sulaymonov, O‘zA