Farg‘onada navbatdagi davlat granti g‘oliblari aniqlandi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan ikkita davlat grantining g‘oliblari aniqlandi.
bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari demokratik huquqiy davlat barpo etish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili ” Davlat dasturini ijro etish, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoatchilik nazorati, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlar, ijtimoiy sheriklik asosidagi aholining dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan ijtimoiy loyihalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Mahalliy byudjetdan xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondini saqlash xarajatlariga hamda ularning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini amalga oshirishi uchun 1,1 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘lar yo‘naltirilyapti.
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda NNTlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” va “Ma’nan yetuk va yuksak ma’rifatli yosh avlodni tarbiyalashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish” mavzularida davlat granti olish uchun tanlov e’lon qilindi.
Joriy yilning 16 iyulidan 16 avgustga qadar davom etgan tanlovga jamoat fondiga viloyat bo‘yicha 28 ta loyiha topshirildi. Loyihalar xalq deputatlari viloyat kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, viloyatdan 10 ta loyiha g‘olib deb topildi
M. Sulaymonov, O‘zA