Farg‘onada ikkita boshqarma boshlig‘i o‘zgardi
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyat filiali direktori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Primqulov Bobur Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari kotibiyati mudiri bo‘lib ishlab kelgan Saydullayev Maxsudali viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri