Farg‘onada “Dok-1 Maks” dorisini ichgan bola vafot etmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda “Dok-1 Maks” iste’mol qilib Farg‘ona shifoxonasida og‘ir ahvolda qolayotgan oltiariqlik bola vafot etganligi haqida xabar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining bolalar reanimatsiya bo‘limiga 2022 yil 21 dekabr kuni Oltiariq tumanida yashovchi, 2019 yilda tug‘ilgan bemor bola alimentar etiologiyali oshqozon ichak faoliyati buzilishidan keyingi o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, prerenal turi, anuriya bosqichi tashxisi bilan yotqizilgan.
Markaz shifokorlari tomonidan tasdiqlangan davolash-diagnostika standartlari bo‘yicha davo muolajalari olib borilgan. Ushbu davolash jarayonida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Respublika bolalar Milliy tibbiyot markazi mutaxassislarining tavsiyalari va ko‘rsatmalari asosida davolash ishlari olib borilgan. Bemorda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi tana haroratini ko‘tarilishi, ichak infeksiyalari, tanani suvsizlanishi oqibatida kelib chiqqanligi, ajralgan siydik tahlili bak.pasiv qilinganda Ye-soli (ichak infeksiyalari) borligi aniqlangan.
Bemor bolada alimentar etiologiyali oshqozon ichak faoliyati buzilishidan keyingi o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya, uremiya, uremik ensefalopatiya, O‘NE I-II-darajasi. O‘YUQTE I-II-darajasi bilan 2023 yil 3 yanvar kuni ko‘rsatilgan reanimatsion chora-tadbirlarga qaramay biologik o‘lim qayd etilgan. Vafot etgan bola patologik anatomik tekshiruviga yuborilgan.
Barchaga ma’lumki, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining bolalar reanimatsiya bo‘limida 1 nafar “Dok 1 Maks” siropini ichishi natijasida quvasoylik 3 yoshli bemor bola doridan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanayotgan edi. bugungi kunda bemor Respublika Bolalar milliy tibbiyot markaziga ko‘chirib o‘tkazilgan va unga tasdiqlangan davolash standarti asosida davo muolajalari olib borilmoqda.
M.Sulaymonov, O‘zA