Farg‘ona xabarlari qisqa satrlarda
Bugun oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Bugun oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Unda viloyat saylov komissiyasi raisining axboroti, xalq deputatlari viloyat kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash, doimiy komissiyalarni tuzish va boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.
***
Qo‘shtepa tumanidagi 18-maktabgacha ta’lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismning harbiy xizmatchilari ko‘rgazmali chiqishlarni namoyish etdi. Bolajonlar harbiy xizmatchilarni sevinch bilan qarshiladilar. O‘zlarining quvnoq dasturlarini namoyish etib, Vatan himoyachilarini mamnun etdilar. Ta’kidlash kerakki, mazkur maktabgacha ta’limi tashkilotida investitsiya dasturi asosida 4 milliard so‘m mablag‘ evaziga yangi bino bunyod etildi. Ayni kunlarda bu yerda 200 nafar tarbiyalanuvchi bor.
***
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 15 ta tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarining ma’muriy binolarida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilib, ishchi xodimlar va iste’molchilarga qulayliklar yaratildi.
Xususan, Uchko‘prik tuman elektr ta’minoti korxonasining ma’muriy binosi ham to‘liq mukammal ta’mirdan chiqarildi. Ma’muriy bino ko‘rkam qiyofa kasb etib, korxona hududi obodonlashtirildi. Mazkur binoni foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatdagi namunali ish faoliyati uchun tuman elektr ta’minoti korxonasiga kichik yuk avtomashinasi topshirildi.