Faoliyatimni yanada rivojlantiraman
Mamlakatda tinchlik-farovonlik hukmron bo‘lsa, to‘ylar bayramlarga ulanaveradi. Kulol yoki boshqa hunarmand qo‘lidan chiqqan mahsulot ham faqat yaxshilikka xizmat qiladi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan yaqindan tanishib chiqdim. Undagi 53-moddada keltirilgan fikrlar ayniqsa menga g‘ayrat bag‘ishladi. Bu moddada har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanishi, intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinishi va asosiysi, davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qilishi bayon qilingan.
Referendumda ovoz berayotganimdan mamnunman. Bu siyosiy jarayonda qatnashganimdan faxrlanaman. Yurtimizda biz kabi hunarmandlar uchun qulay shart-sharoit yaratib berilmoqda. Bunga javoban yangi loyihalar ustida ish olib boraveramiz.
Shokirjon Ahmadjonov,
Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi "Mingboshi keramik" oilaviy korxonasi rahbari, "Shuhrat" medali sohibi